“Yil odami” aniqlandi

“Yil odami” aniqlandi
Amerikaning Time jurnali reytingiga ko’ra “Yil odami – 2017” nomi aniqlandi va bu nomga Saudiya Arabistonining merosxo’r shahzodasi Muxammad bin Salmon Al Saud munosib ko’rildi. Shahzoda uchun jurnal o’quvchilarining 24% i o’z ovozlarini berishgan.

Reytingning ikkinchi pog’onasini “MeToo” kampaniyasi a’zolari, uchinchi o’rinni esa Kolin Kapernik, “Dreamers” tashkiloti va Robert Myuller band etgan, deyiladi xabarda.

“Yil odami” nomi 1927 yildan buyon muntazam ravishda aniqlab kelinadi. O’tgan yili o’quvchilar fikriga ko’ra “Yil odami” deya Hindiston premyer ministri Nerandra Modi tan olingandi.

Eslatib o’tamiz, tahririyat fikri o’quvchilar fikridan farq qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.