“Qucho‘g‘ingda joy bo‘lsa…”: Toshkentda talaba yigit jazolandi

“Qucho‘g‘ingda joy bo‘lsa…”: Toshkentda talaba yigit jazolandi

Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalaridan birida sodir bo‘lgan holat jamoatchilik e’tiborini tortdi. Ma’lum qilinishicha, talaba yigit o‘z kursdoshi bo‘lgan qizga nisbatan noo‘rin va nomunosib mazmundagi so‘zlar ishlatgan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, voqea universitet hududida yuz bergan bo‘lib, yigit qizga nisbatan hurmatsiz va nomaqbul mazmundagi so‘zlar aytgan. Mazkur holatdan norozi bo‘lgan talaba qiz Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Ish sudda ko‘rib chiqilgan va talaba o‘z aybini to‘liq tan olib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan. Sud qaroriga muvofiq, unga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.

Mutaxassislar bunday holatlar yoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va muomala madaniyatiga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, har qanday noo‘rin xatti-harakat qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi yana bir bor eslatildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.