Vashingtondan Seul tomon uchayotgan samolyot amerikalik ayol o’limi sabab Rossiyaga shoshilinch ravishda qo’ndi

Vashingtondan Seul tomon uchayotgan samolyot amerikalik ayol o’limi sabab Rossiyaga shoshilinch ravishda qo’ndi
Korean Air aviakompaniyasiga tegishli Vashingtondan Seul tomon uchib ketayotgan “Boing 777” samolyoti xorij fuqarosining o’limi sabab shoshilinch ravishda Xabarovskka qo’ndi.

“Bizning shifokorlarimiz xorij mamlakati fuqarosi o’limini tasdiqladilar. U samolyot bortida yerga qo’nguncha bo’lgan vaqtda vafot etgan. Jasad qaytadan bortga joylanadi va samolyot yaqin vaqt ichida o’z yo’nalishi bo’yicha uchib ketadi” deydi politsiya xodimlari.

Favqulotda holatlar agentligi ma’lumotlariga ko’ra, o’lim hodisasi yurak yetishmovchiligi sabab yuzaga kelgan. Xabarda aytilishicha, marhum amerikalik ayoldir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.