Suriyada harbiy samolyot urib tushirildi

Suriyada harbiy samolyot urib tushirildi
Jangarilar Suriyaning Hama shahri yaqinida Suriya armiyasiga qarashli harbiy samolyotni urib tushirdilar. Ta’kidlanishicha, samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan.

“Al Masdar” arab nashri ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchi asirga olinib, keyin o‘ldirilgan.

Ko‘rinishicha, gap “Jibhat an-Nusra” jangarilari hujumi haqida ketmoqda.

Dekabr boshida Suriyada IShID yakson etilgani e’lon qilinganiga qaramay, mamlakatda boshqa radikal guruhlar harakat qilmoqda. Suriya prezidenti Bashar Asad hukumat qo‘shinlari oxirgi jangari yo‘q qilinmaguncha kurashni davom ettirishlarini aytgan.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.