31 dekabr kuni Jalolobodda terror harakati sodir etildi

31 dekabr kuni Jalolobodda terror harakati sodir etildi
Afg‘onistonning Nangarxar viloyatiga qarashli Jalolobod shahrida 31 dekabr kuni o‘limga mahkum jangari beliga mahkamlangan portlovchi qurilmani ishga tushirgan.

Bu terror harakati mahalliy hokimiyat vakillarining birini dafn etish marosimida, qabristonda amalga oshirildi. Oqibatda 20 kishi halok bo‘ldi. O‘nlab fuqarolar turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 28 dekabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida ham ikkita terror harakati sodir etilgan va 40 kishi halok bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.