Shimoliy Koreyada pulli yo’llar paydo bo’ladi

Shimoliy Koreyada pulli yo’llar paydo bo’ladi
2018 yilning 20 yanvar sanasidan Shimoliy Koreyadagi asosiy avtomagistrallar pulli bo’ladi. Bu haqida Rossiyaning KXDRdagi elchixonasi ma’lumotlariga tayangan holda “Life.ru” nashri xabar bergan.

Shuningdek, mamlakatdagi Pxenyan – Vonsan turistik trassasi ham pulli yo’llar qatoriga kiritiladi.

Ushbu yangilik barcha horijiy mamlakat fuqarolari va mahalliy haydovchilarga tegishlidir.

Yo’ldan foydalanganlik uchun to’lov “Mire” elektron hisob kartasi yordamida amalga oshiriladi. Uning narxi esa 315 von (3 dollardan sal ko’proq) ekanligi aytilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.