Navalniyga yakuniy tarzda rad javobi berildi

Navalniyga yakuniy tarzda rad javobi berildi
Rossiya Konstitutsion sudi muxolifatchi Aleksey Navalniyga uning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishi yuzasidan bergan shikoyat arizasini ko‘rib chiqishga qabul qilish bo‘yicha rad javobini berdi.

“Korrupsiya bilan kurash fondi” asoschisining fikricha, huquqlari bo‘yicha “Rossiya Federatsiyasi prezidentligi saylovlari to‘g‘risida”gi Federal qonunining 3-moddasi 5.2-bandi 1-bandostida belgilangan normalarga amal qilinmagan.

Federal qonunning bu bandida Rossiya fuqarosi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni amalga oshirganlik uchun ozodlikdan mahrum etilgan va ovoz berish kunida ko‘rsatilgan jinoyat uchun sudlanganligi bekor qilinmagan bo‘lsa, Rossiya prezidenti uchun saylanish huquqiga ega emasligi aytiladi.

Navalniy “Kirov o‘rmon ishi” doirasida aynan shunday og‘ir xarakterdagi jinoyat bo‘yicha sudlangan. Shu bilan birga, shikoyatni qabul qilishga rad javobi berilishi bo‘yicha Konstitutsion sud o‘zining qaroriga asoslangan. 2013 yilning 10 oktyabrdagi qarorda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni amalga oshirganlik uchun ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan saylanish huquqini ma’lum bir muddatga cheklash imkoniyati haqida so‘z yuritiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Markaziy saylov komissiyasi muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyni 2018 yilgi prezidentlik sayloviga nomzod sifatida qabul qilmagani xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.