Moskvada 17 yildan buyon qidiruvda bo’lgan jinoyatchi qo’lga olindi

Moskvada 17 yildan buyon qidiruvda bo’lgan jinoyatchi qo’lga olindi
Rossiyaning Moskva shahrida 17 yildan buyon federal qidiruvda bo’lgan va Orlovdagi yo’lto’sarlik hujumiga aloqador shaxs qo’lga olindi. Bu haqida MVD rasmiy vakili Irina Volk ma’lumotlariga tayangan holda “Life.ru” internet nashri xabar bergan.

Keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, erkak 2000 yilda M-2 “Qrim” trassasida ketayotgan ZIL avtomashinasini to’xtatib, haydovchi va yo’lovchilarni otgan, o’z qurbonlaridan esa 400 ming rubl miqdoridagi pulni o’g’irlagan.

Jinoyatchining shaxsi aniqlanganiga qaramay, u 17 yil davomida politsiyadan berkinib yurgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.