Dunyodagi eng katta tilla uzuk tomoshaga qo‘yildi

Dunyodagi eng katta tilla uzuk tomoshaga qo‘yildi
Dunyodagi eng katta tilla uzuk BAAning Sharja amirligidagi Sahara Centre’da bir oyga tomoshaga qo‘yildi.

Najmat Taiba nomli 21 karatli uzuk deyarli 64 kg keladi va 5,1 kg qimmatbaho toshlar va brilliantlar bilan qoplangan. Unda shuningdek 615 ta Swarovski kristali bor.
Dunyodagi eng katta tilla uzuk tomoshaga qo‘yildi
Foto: Expo Centre Sharjah

Najmat Taiba o‘z egasiga 2000 yilda 547 ming dollarga tushgan, o‘shanda oltinning bir unsiyasi 250 dollar turgan. O‘sha vaqtdan beri oltin narxi deyarli 6 barobarga ko‘tarilib, hozirda 1497,5 dollar atrofida sotilmoqda. Shu tariqa hozirda bu uzukning narxi taxminan 3 mln dollarga baholanmoqda.

Dubayning Taiba kompaniyasiga tegishli ushbu uzukni yaratish ustida 55 mutaxassis 45 kun davomida 10 soatdan mehnat qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.