Tramp Guantanamo qamoqxonasini yopib yuborish haqidagi qarorni bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp avvalgi prezident Barak Obamaning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasini yopish haqidagi buyrug’ini bekor qildi.
Guantanamo qamoqxonasiga 2002 yilda AQSH prezidenti kichik Jorj Bush ma’muriyati tomonidan asos solingan edi. Bu yerda Qo’shma Shtatlar tomonidan terroristik harakatlarda ayblanayotgan insonlar saqlanib kelinadi.
AQSH sobiq prezineti Barak Obama esa o’z faoliyati davomida qamoqxonani bir yil ichida yopish haqidagi qarorni imzolagan va AQSH Kongressi qarshiligiga uchragan.
Tramp esa o’zining saylovoldi kampaniyalari chog’ida turmani yopmaslik va undagi terrorizmga qaytishi mumkin bo’lgan mahsublarni ozodlikka chiqarmaslikka va’da bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Guantanamo qamoqxonasiga 2002 yilda AQSH prezidenti kichik Jorj Bush ma’muriyati tomonidan asos solingan edi. Bu yerda Qo’shma Shtatlar tomonidan terroristik harakatlarda ayblanayotgan insonlar saqlanib kelinadi.
AQSH sobiq prezineti Barak Obama esa o’z faoliyati davomida qamoqxonani bir yil ichida yopish haqidagi qarorni imzolagan va AQSH Kongressi qarshiligiga uchragan.
Tramp esa o’zining saylovoldi kampaniyalari chog’ida turmani yopmaslik va undagi terrorizmga qaytishi mumkin bo’lgan mahsublarni ozodlikka chiqarmaslikka va’da bergan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













