Kit ayolni nahang hujumidan qutqardi

Kit ayolni nahang hujumidan qutqardi
Tinch okeanining janubiy qismida, Kuk oroli yaqinida bukri kit tadqiqotchi ayolni nahangdan himoya qildi.

Biolog Nen Xauzer kit oldida suzib yurganda, yoniga 3 metrlik nahang suzib kelganini payqamay qolgan. Kit nahangni payqab, ayolni suzgichlari bilan panalab, himoyalay boshlagan. Kit 63 yoshli ayolni o‘z belida suv sirtiga olib chiqib qo‘ygan. Ayolning aytishicha, nariroqda suzib yurgan boshqa kit ham yirtqich nahangni haydashga harakat qilgan.

Biologning fikricha, ushbu holat kitlarda boshqa jonzotlarni himoya qilish instinkti mavjudligini isbotlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.