Boshqirdistonda bemorga yordam berishdan bosh tortgan sobiq feldsher jazoga hukm qilindi

Boshqirdistonda bemorga yordam berishdan bosh tortgan sobiq feldsher jazoga hukm qilindi
Boshqirdistonning Birsk tumanlararo sudi bemorga kerakli yordamni bermagani uchun sobiq feldsherni 2,5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Xabarda aytilishicha, Pechenkino feldsher-akusherlik punktiga bemorning rafiqasi erining ko’krak qafasidagi og’riqlardan shikoyat qilayotgani haqida aytib murojaat qilgan.

Shifokor bemorning murojaatini javobsiz qoldirgan va koronar sindromi bo’lgan bemorni punktgacha o’zi yetib kelishini maslahat bergan.

Keyingi ikki soat davomida erkak o’tkir yurak yetishmovchiligi bilan olamdan o’tgan, shifokor esa o’z aybini tan olmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.