AQSH samolyoti ekipaji havoda muzlab, ko‘zi ko‘rmay qoldi

AQSH samolyoti ekipaji havoda muzlab, ko‘zi ko‘rmay qoldi
AQSH harbiy-dengiz kuchlarining EA-18G Growler samolyoti ekipaji parvoz vaqtida kuchli darajada muzlab qoldi hamda parvoz vaqtida osmonni ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda “Defense News”ga tayanib “Kun.uz” yozmoqda.

Hodisa kabinada haroratni tartibga solish tizimi ishdan chiqqani tufayli yuz berdi. Harorat Selsiy bo‘yicha 30 daraja sovuqqacha tushib ketgan, kabina tutunga to‘lib ketdi, uskunalarni muz qoplagan.

Shu paytda samolyot Sietldan 90 kilometr uzoqlikda 7,5 kilometrlik balandlikda bo‘lgan.

Ekipaj qo‘nish joyiga parvozni bekor qildi hamda Uidbi-Aylendagi bazaga qaytib ketgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.