Qozog‘istonda ro‘y bergan dahshatli YTHda 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi (foto+video)

Qozog‘istonda ro‘y bergan dahshatli YTHda 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi (foto+video)
Bugun mahalliy vaqt bilan 04:30lar chamasida Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

“TengriNews” nashri xabariga ko‘ra, Sayotes qishlog‘i yaqinida “Oqtov – Beynov” avtoyo‘lida “Shacman” yuk mashinasi “Lada Largus” yengil avtomobili bilan to‘qnashib ketishi oqibatida “Lada Largus” haydovchisi va olti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea yuzasidan Qozog‘iston JKning 345-moddasi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

O‘zbekiston Fevqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning olti nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.