“Oxir zamon”: Buyuk Britaniyada do‘konlar bo‘shab qolmoqda

“Oxir zamon”: Buyuk Britaniyada do‘konlar bo‘shab qolmoqda
Mahsulotlar orasida sut, non, tuxum, sabzavot va mevalar ayniqsa tortilib qolgan.

“Emma” to‘foni tufayli mahsulotlar yetkazib berishda qiyinchiliklar tug‘ilayotgani sababli Buyuk Britaniyadagi yirik oziq-ovqat do‘konlari bo‘shab qolmoqda, deya xabar beradi “Qalampir” nashri.

Gazetaning yozishicha, Bristol, Manchester va Plimut shahridagi Lidl, Asda, Tesco va boshqa supermarketlarda mahsulotlari turi kamayib ketgan.

Mahsulotlar orasida sut, non, tuxum, sabzavot va mevalar ayniqsa tortilib qolgan. Savdo tarmoqlari vakillari yo‘llar yaxshilanishi bilan peshtaxtalar mahsulotlar bilan yana to‘lishiga va’da bermoqda.

Buyuk Britaniyaning ko‘plab fuqarolari Twitter da bo‘shab yotgan peshtaxtalarning suratlarini joylashtirgan. Lyuis Veyk ismli foydalanuvchi qiziq holatga e’tibor qaratgan: mahsulotlar taqchilligiga qaramay xaridorlar vetchinali va ananasli pissalarni sotib olmayapti.
“Oxir zamon”: Buyuk Britaniyada do‘konlar bo‘shab qolmoqda
“Oxir zamon”: Buyuk Britaniyada do‘konlar bo‘shab qolmoqda
Boshqa foydalanuvchi esa bo‘m-bo‘sh peshtaxtalar suratini joylashtirib “Siz buni oxir zamon deb o‘ylaysizmi” degan tvit qoldirgan.
“Oxir zamon”: Buyuk Britaniyada do‘konlar bo‘shab qolmoqda
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazib berish ishlari yakshanba kuni ham tiklanmagan. Dushanbadagi vaziyat haqida hozircha xabar berilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.