Alisher Usmonov Forbes’ning yangi ro‘yxatida 118-o‘rinni egalladi

Alisher Usmonov Forbes’ning yangi ro‘yxatida 118-o‘rinni egalladi
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Forbes’ning yangi ro‘yxatida 118-o‘rinni egalladi. Forbes’ning 2018 yilda dunyodagi eng boy odamlar bo‘yicha reytingi bugun, 6 mart kuni e’lon qilindi.

Usmonovning boyligi jurnal tomonidan 12,5 mlrd dollarga baholandi. Rossiyalik tadbirkorlar ichida Usmonov 10-pog‘onani egallagan.

Rossiyadagi eng boy tadbirkorga Vladimir Lisin 19,1 mlrd dollar bilan aylandi. Ikkinchi o‘rinni “Severstal” direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov egalladi ($18,7 mlrd). Uchinchi pog‘onadan esa ushbu reytingning o‘tgan yilgi yetakchisi Leonid Mixelson 18 mlrd dollarlik kapital bilan joy oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.