Dunyodagi "eng baxtli davlatlar" e’lon qilindi

Dunyodagi "eng baxtli davlatlar" e’lon qilindi
2018 yildagi eng baxtli davlat sifatida Finlyandiya tan olindi. Bu haqda The World Hapiness Report har yillik hisobotida aytiladi, u BMTning barqaror rivojlanish yechimlarini izlash bo‘yicha bo‘linmasi tomonidan e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, Finlyandiyada xorijdan kelgan 300 000 kishi va xorijdan kelganlarning avlodi bo‘lgan 5,5 million kishi istiqomat qiladi. Immigrantlarning guruhlari orasida Yevropaning boshqa davlatlaridan kelganlar, shuningdek, kelib chiqishiga ko‘ra Afg‘oniston, Xitoy, Iroq va Somaliga mansub bo‘lgan guruhlar mavjud.
Dunyodagi "eng baxtli davlatlar" e’lon qilindi
Reytingdagi ikkinchi o‘rinni Norvegiya egalladi, u 2017 yilda eng baxtli davlat deb tan olingandi.
Dunyodagi "eng baxtli davlatlar" e’lon qilindi
Ilk o‘ntalikdan Daniya, Islandiya, Shveysariya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Avstraliya ham joy oldi, deb yozmoqda The Washington Post.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh ushbu reytingda 18-pog‘onani egalladi.

Hisobotni tayyorlash doirasida 156 mamlakat hayot davomiyligi, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va korrupsiyaga bo‘lgan munosabat kabi omillar bo‘yicha baholandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.