AQShda 9 yoshli bolakay videoo‘yin sababli o‘z opasini otib qo‘ydi

AQShda 9 yoshli bolakay videoo‘yin sababli o‘z opasini otib qo‘ydi
Missisipi shtatida (AQSh) to‘qqiz yoshli bolakay videoo‘yin sababli yuzaga kelgan janjal vaqtida o‘z opasini otib qo‘ydi. 13 yoshli Dijona Bell Memfisdagi shifoxonada vafot etgan. Bu haqda «ABC News»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, bolalar o‘rtasidagi mojaro qizaloq o‘z ukasiga o‘yin jostigini berishni istamagani sabab yuzaga kelgan. Natijada bolakay pistoletni olib, opasiga qarata o‘q uzgan. O‘q Dijonaning miyasini teshib o‘tgan. Bu vaqtda ularning onasi chaqalog‘ini boshqa xonada emizayotgan bo‘lgan.

Bolakayning qo‘liga pistolet qanday qilib tushib qolgani hozircha noma’lum. Okrug sherifi Monro Sesil Kantrellning hisoblashicha, 9 yoshli bola mazkur jinoyatni televideniye yoki videoo‘yinlar ta’sirida amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Huquq-tartibot xodimlari hozircha bolakayga nisbatan qanday jazo chorasi ko‘rilishi mumkinligini bilmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.