Qrimda O‘zbekiston fuqarosi politsiyachiga o‘q uzdi

Qrimda O‘zbekiston fuqarosi politsiyachiga o‘q uzdi
Qrimdagi Lenino shaharchasida huquq-tartibot organlari xodimlari politsiyachiga o‘q uzgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar beradi “Daryo”.

Ayblanuvchi 19 mart kuni o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan politsiyachiga qarata travmatik to‘pponchadan o‘q uzgan. Politsiyachi yelkasidan jarohat olgan.

O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining 318-moddasi 2-qismida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun ayblov e’lon qilingan.

Hozirda sodir etilgan jinoyat sabablari o‘rganilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.