Putinga Rossiya prezidenti guvohnomasi topshirildi

Putinga Rossiya prezidenti guvohnomasi topshirildi
Foto: “Kremlin.ru”
Bugun, 3 aprel kuni Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova joriy yilning 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda g‘olib chiqqan Vladimir Putinga prezidentlik guvohnomasini topshirdi, deb yozadi Xabar nashri.

Marosim vaqtida Pamfilova Putinni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklagan.

O‘z navbatida Rossiya rahbari Pamfilovaga faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan. “Ko‘pchilik aytganidek, bu mamlakatimiz tarixidagi eng ochiq va adolatli saylov bo‘ldi”, – deya ta’kidlagan Putin.

Eslatib o‘tamiz, Putin Rossiyadagi prezident saylovida 76 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, g‘alabaga erishgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.