Tramp va Kim Chen In uchrashishi mumkin bo‘lgan joylar ma’lum qilindi

Tramp va Kim Chen In uchrashishi mumkin bo‘lgan joylar ma’lum qilindi
AQSh va Shimoliy Koreya Donald Tramp va Kim Chen Inning uchrashuviga tayyorgarlik bo‘yicha maxfiy muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda CNN telekanali xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

AQSh tomonidan muzokaralarda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari va yaqinda davlat departamenti lavozimiga nomzodi taklif qilingan Mayk Pompeo ishtirok etmoqda.

“Amerikalik va shimoliy koreyalik razvedka xodimlari bir necha bor, jumladan uchinchi davlat hududida muzokaralar o‘tkazganlar”, deb ma’lum qildi telekanal.

Tomonlar ayni vaqtda uchrashuv detallari va uni o‘tkazish joyini muhokama qilishmoqda. Shimoliy koreyaliklar uchrashuvni Pxenyanda o‘tkazishni taklif qilishmoqda. Uchrashuv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yana bir joy sifatida Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator aytilmoqda.

“Uchrashuv joyi va sanasi belgilangandan keyin kun tartibi batafsil muhokama qilinadi”, deb ma’lum qildi CNN.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.