Braziliyalik syorfer 25 metrli to‘lqinni jilovlab, jahon rekordini o‘rnatdi (video)

Braziliyalik syorfer 25 metrli to‘lqinni jilovlab, jahon rekordini o‘rnatdi (video)
Braziliyalik syorfer Rodrigo Koksa qariyb 25 metrli to‘lqinni jilovlab, jahon rekordi sohibiga aylandi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asosan Daryo xabar berdi.

2017 yilning noyabr oyida Koksa Portugaliyada 24,38 metrli to‘lqin ustidan o‘tgan. Aprel oyining oxirida Jahon syorfing ligasi rekordni qayd etgan. Syorfer «Eng katta to‘lqin» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan, shuningdek, yangi jahon rekordchisiga aylangan.

Avvalgi rekord amerikalik Garrett Maknamaraga tegishli bo‘lgan, u 2011 yilda 23 metrli to‘lqinning ustidan o‘tgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.