Qrimning deyarli barcha aholisi Rossiya pasportini oldi


Qrimning deyarli barcha aholisiga Rossiya parsporti berildi. Bu haqda Rossiya Federal migrasiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy “Rossiya 24” telekanali efirida aytib o‘tdi.
“Deyarli barcha qrimliklar pasport olishdi. Ishning asosiy qismi to‘rt oy ichida bajarildi”, – deya Romodanovskiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlaricha, pasportni berishda 4 mingga yaqin xodim ishtirok etgan. Avvalroq, qrimliklar Ukraina chegarasini Rossiya pasportlari bilan kesib o‘ta olmasliklari xabar berilgan edi.
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













