AQShda harbiy xizmatchi zirhlangan texnikani olib qochdi (video)

AQShda harbiy xizmatchi zirhlangan texnikani olib qochdi (video)
AQShning Virjiniya shtatidagi milliy gvardiya harbiy bazasidan harbiy xizmatchi zirhlangan transport vositasini olib qochdi. Politsiya uni qariyb 100 kilometr masofada ta’qib qildi va keyin u taslim bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 5 iyun kuni Fort Picket harbiy bazasida qurol bilan jihozlanmagan zirhli transport vositasiga o‘tirgan va uni haydab ketgan. U soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlangan va politsiya tomonidan ta’qib qilingan.

Transport vositasi Virjiniya poytaxti ko‘chalari bo‘ylab harakatlangan. Politsiya erkakni qo‘lga olish uchun elektroshokerdan foydalanishga majbur bo‘lgan. Xabar qilinishicha, hodisa YTH va jarohatlarni keltirib chiqarmagan. Harbiy xizmatchi ayni vaqtda hibsda ushlab turilibdi. Transportni olib qochish motivlari hozircha noma’lum.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.