Novosibirskda o‘zbekistonlik erkak «qalliq o‘g‘irlash» operatsiyasini bajardi…

Novosibirskda o‘zbekistonlik erkak «qalliq o‘g‘irlash» operatsiyasini bajardi…
O‘zbekiston fuqarosi hisoblangan erkak Rossiyaning Novosibirsk viloyatida tanishlaridan birining xotinini to‘rt nafar hamtovog‘i bilan birga o‘g‘irlab ketdi. Aytishlaricha, ayolning erini o‘g‘ri qarindoshi va yaqin do‘stini o‘ldirganlikda ayblagan. Shu masalaga oydinlik kiritish, agar haqiqatan o‘ldirgan bo‘lsa, undan qonga qon bilan qasos olishni mo‘ljallagan ekan.

To‘rt hamtovog‘i bilan u begona ayolni ko‘zdan pana joydagi uyga qamab qo‘ydi. Ishondiki, yaqinlarining qotili xotinini olib ketish uchun baribir keladi. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi. Qandaydir yo‘lini topib, ayolning o‘zi o‘g‘rilar changalidan qochib keta oldi va darhol bu haqda politsiyachilarga xabar berdi.

Ayni paytda o‘g‘rining to‘rt gumashtasi qamoqqa olingan. O‘zi esa imi-jimida vatanga qaytib, berkinishga ulguribdi. Uni qidirishmoqda.

Manba: Hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.