Oq uy matbuot kotibi restorandan quvildi

Oq uy matbuot kotibi restorandan quvildi
Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders Virjiniyadagi restorandan «Tramp uchun ishlayapsan» deya quvildi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib \"Xabar\" nashri ma’lum qilmoqda.

Sanders o‘zining «Twitter»dagi shaxsiy sahifasida: «Kecha kechki payt Virjiniya shtatining Leksington shahridagi «Red Hen» restoraniga bordim. Restoran boshlig‘i menga «Tramp uchun ishlayapsan» deya ketishimni istadi. Bu xatti-harakati uning kimligini ko‘rsatdi. Lekin men barchaga yaxshi muomala qilaveraman», – deya yozgan.

Poytaxt Vashingtondan 3 soatlik masofada joylashgan restoran egasi jurnalistlarning mavzuga doir savollarini javobsiz qoldirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.