Kim Chen In harbiy qismni tekshirishga Rossiyada chiqarilgan LADA Priora mashinasini minib bordi (foto)

Kim Chen In harbiy qismni tekshirishga Rossiyada chiqarilgan LADA Priora mashinasini minib bordi (foto)
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 30 iyun kuni mamlakat shimoli-g‘arbida, KXDR va Xitoy o‘rtasidagi chegara o‘tadigan Yaluszyan daryosi etagida joylashgan orollarga tashrif buyurdi, deb yozadi Meduza. U yerda Kim Chen In harbiy qismni va fermani ko‘zdan kechirdi.

Shimoliy Koreya televideniyesi tarqatgan kadrlarga ko‘ra, safar chog‘ida KXDR yetakchisi Rossiyada ishlab chiqarilgan yashil rangli LADA Priora avtomobilida harakatlangan.
Kim Chen In harbiy qismni tekshirishga Rossiyada chiqarilgan LADA Priora mashinasini minib bordi (foto)
Foto: KCTV

Shimoliy Koreya yetakchisi tanlagan modelga ilgari Rossiyada talab katta bo‘lgan, ammo so‘nggi yillarda LADA Priora tobora kamroq sotilmoqda. 2018 yildan Priora’ni ishlab chiqarish to‘xtatiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.