13-rekord: Qozog‘istonlik polvon uchmoqchi bo‘layotgan 2 ta samolyotni ushlab tura oldi (foto, video)

13-rekord: Qozog‘istonlik polvon uchmoqchi bo‘layotgan 2 ta samolyotni ushlab tura oldi (foto, video)
Foto: youtube.com/Sputnik Kazaxstan
Qozog‘iston poytaxti Ostonaning 20 yillik yubileyi arafasida qozog‘istonlik polvon Sergey Sirulnikov o‘zining navbatdagi 13-rekordini o‘rnatdi. 2 iyulda polvon 120 ot kuchiga ega, uchmoqchi bo‘layotgan ikkita kichik o‘lchamli samolyotni 3 daqiqa davomida arqon bilan bilaklarida tortgancha ushlab turdi.
13-rekord: Qozog‘istonlik polvon uchmoqchi bo‘layotgan 2 ta samolyotni ushlab tura oldi (foto, video)
Foto: youtube.com/Sputnik Kazaxstan

Avvalroq atlet xuddi shu yo‘l bilan ikkita yo‘ltanlamas, 4 ta ot va 10 nafar odamni ushlab tura olgan. Uning aytishicha, otlarni ushlab turish eng qiyini bo‘lgan.
13-rekord: Qozog‘istonlik polvon uchmoqchi bo‘layotgan 2 ta samolyotni ushlab tura oldi (foto, video)

“Samolyotlarni ushlab turish yo‘ltanlanmaslarni ushlashdek his qoldirdi. Biroq bu gal mening bilagimdagi mayda tomirlar yorilib ketdi. Men yangi rekordimni shahar kuniga bag‘ishlayman”, deb aytgan polvon.

Sirulnikovning rejalari orasida mamlakatning har bir shahrida yangi jahon rekordini o‘rnatish bor. Uning fikricha, bu mamlakatning kuchi va qudrati isboti bo‘ladi.

6 iyulda Ostonaning 20 yilligi nishonlanadi. Yubiley sanani keng nishonlash rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.