Olimlar dunyodagi "eng qadimiy non"ni topishdi

Olimlar dunyodagi "eng qadimiy non"ni topishdi
Iordaniyada arxeologlar 14,5 ming yillik non qoldiqlarini topishdi. Qazilma ishlari Qora cho‘l hududida olib borilgan.

Keyinroq olimlar ushbu nonning tayyorlanish retseptini bilish maqsadida uning tarkibini o‘rganib chiqishgan. Ularning aytishicha, o‘sha zamonlar odamlar lavashni eslatuvchi non yopishgan. Nonlar yovvoyi arpa, bug‘doy yoki sulidan tayyorlanib, unga o‘simliklarning maydalangan tuganaklari va suv qo‘shilgan.

“Qadimiy non” kulba o‘rtasidagi tosh polda joylashgan bir metr diametrdagi o‘ziga xos pechda pishirilgan.

Olimlar bu topilma evaziga non pishirish odamlar boshoqli o‘simliklarni yetishtirish va yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirishni boshlashlaridan ancha oldin paydo bo‘lgani haqidagi xulosaga kelishgan.

Avval non pishirish texnologiyasi Turkiyada 9 ming yil avval paydo bo‘lgan, deb hisoblanardi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.