AQShning Pekindagi elchixonasi yonida portlash ro‘y berdi (video)

AQShning Pekindagi elchixonasi yonida portlash ro‘y berdi (video)
AQShning Xitoy poytaxti Pekin shahrida joylashgan elchixonasi yaqinida portlash ro‘y berdi. Bu haqda Associated Pressga asoslangan holda kun.uz xabar qilmoqda.

Xitoy davlat nashrlari bir ayol bino oldida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, elchixona joylashgan hududga politsiyachilar yetib kelgan, ayol qo‘lga olingan.

Voqea joyida olingan video va fotolarda hududni tutun qoplaganini ko‘rish mumkin.

Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.