Indoneziyada taxtadan tayyorlangan Qur’on kitobi namoyish etildi

Indoneziyada taxtadan tayyorlangan Qur’on kitobi namoyish etildi
Indoneziyaning Palembang shahridagi «Al-Akbar» muzeyida taxtadan tayyorlangan Qur’on kitobi ko‘rgazmaga qo‘yildi.
Suralar har birining bo‘yi 1,77 metr va eni 1,4 metr bo‘lgan 30ta doskaga o‘yib yozilgan.

Xattot Shofvatilla Moxzaibning «Anadolu» agentligiga aytishicha, u Qur’on oyatlarini taxtaga o‘yib yozish bilan 2001 yildan shug‘ullana boshlagan. Bu ishni yakunlash uchun unga 9 yil kerak bo‘lgan.

«Tajribaga ega bo‘lish uchun avvaliga qog‘ozda mashq qildim, oyatlarni kartonga o‘yib yozdim. Mutaxassislarning ma’qullashlaridan keyin taxtaga o‘yib yozishni boshladim», - dedi u.

Xattotning aytishicha, har bir doskaga sayqal berish uchun o‘rtacha bir oydan vaqt ketgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.