Tramp: "AQSh har doim Ukrainaning yonida turadi"

Tramp: "AQSh har doim Ukrainaning yonida turadi"
AQSh yetakchisi Donald Tramp Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Ukraina prezidentining saytida ma`lum qilingan.

Ta`kidlanishicha, Tramp tabrik telegrammasida Ukrainaning «qudratli» qurolli kuchlari, mamlakat iqtisodiyoti tobora o\'sib borayotganiga ham alohida to\'xtalib o\'tgan.

«Yodda tuting, iltimos, Qo\'shma Shtatlar xalqaro miqyosda e`tirof etilgan chegaralar doirasida o\'z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qiladigan vaqtda Ukraina bilan doimo yonma-yon turadi», - deyiladi telegrammada.

Eslatib o\'tamiz, avvalroq Ukrainadagi harbiy parad Kremlda «zilzila» keltirib chiqarishi taxmin qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.