Sobiq bokschi samolyotning qoʻlga olinishining oldini oldi

Sobiq bokschi samolyotning qoʻlga olinishining oldini oldi
Fransiyaning boks boʻyicha 2 karra chempioni Tarik Sohibiddin Myunxendan Parijga parvoz qilayotgan samolyotni qoʻlga olmoqchi boʻlgan yoʻlovchini zararsizlantirdi.

Jurnalist Arno Romeroning Facebookʻda maʼlum qilishicha, bezori yoʻlovchi tajovuzkorlik koʻrsatib, uchuvchilar kabinasiga kirib, samolyot yoʻnalishini oʻzgartirishga majburlamoqchi boʻlgan. Shunda 46 yoshli sobiq bokschi 2 nafar yoʻlovchi yordamida bezorini polga yiqitib, uning qoʻl-oyoqlarini bogʻlab qoʻygan.

Samolyot Sharl-de-Goll nomidagi aeroportga qoʻngach, bezori politsiyaga topshirilgan. Taʼkidlanishicha, u psixiatrik tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Kelib chiqishi marokashlik boʻlgan Sohibiddin professional boksdagi faoliyatida 23 ta jang oʻtkazib, 12 ta gʻalabaga erishgan va 11 marta magʻlubiyatga uchragan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.