Forbes eng nufuzli rossiyaliklar reytingini tuzdi. Alisher Usmonov nechanchi oʻrinda?

Forbes eng nufuzli rossiyaliklar reytingini tuzdi. Alisher Usmonov nechanchi oʻrinda?
Forbes nufuzli rossiyaliklarning birinchi reytingini tuzib chiqdi. U 100 nafar eng nufuzli mansabdor, tadbirkorlar, top-menejerlar hamda kuch tuzilmalari vakillarini oʻz ichiga oldi.

Birinchi oʻrinni Rossiya prezidenti Vladimir Putin, ikkinchi pogʻonani “Sberbank” boshqaruvi raisi German Gref, uchinchi oʻrinni “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller egalladi.

Ilk oʻnlikka Igor Sechin ( “Rosneft”), Dmitriy Medvedev (Rossiya bosh vaziri) Vladimir Bogdanov ( “Surgutneftegaz”), Elvira Nabiullina (Rossiya banki), Aleksandr Bortnikov (FXX), Oleg Belozyorov (RTM) va Vagit Alekperov (“Lukoyl”) kiritilgan.

USM Holdings asoschisi va egasi Alisher Usmonov 31-oʻrindan joy oldi, u mudofaa vaziri Sergey Shoygu (30) va “Yevroxim” egalaridan biri Andrey Milnichenko (32) oʻrtasida qayd etildi.

Reytingga Rossiya Liberal demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy yakun yasab berdi.
Forbes eng nufuzli rossiyaliklar reytingini tuzdi. Alisher Usmonov nechanchi oʻrinda?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.