Turkiya prezidenti qirgʻizistonliklar bilan suhbatlashdi (video)

Turkiya prezidenti qirgʻizistonliklar bilan suhbatlashdi (video)
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeyenbekov bilan uchrashuvdan soʻng qirgʻizistonliklar bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi Daryo.

Turkiya prezidentining korteji opera va balet teatri oldidan Turkiya va Qirgʻiziston bayroqlari bilan oʻtayotganida odamlar unga qarata “Erdoʻgʻon, sen bizning qondoshimizsan!” deb qichqirgan.

Erdoʻgʻon oʻz muxlislari bilan suhbatlashish uchun mashinani toʻxtatgan. Teatr oldida nafaqat qirgʻizistonliklar, balki Turkiya fuqarolari ham toʻplangan.

Odamlar Erdoʻgʻonga “Xush kelibsiz!”, “Biz sizni sevamiz” deb baqirdi.

Turkiya prezidenti odamlar bilan qoʻl berib koʻrishgan, ayrimlarini oʻpib qoʻygan.

Эрдоган подъезжает

Опубликовано Азатом Амановым Суббота, 1 сентября 2018 г.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.