Moskvada jomadondan oʻzbekistonlik qizning jasadi topildi

Moskvada jomadondan oʻzbekistonlik qizning jasadi topildi
Foto: “Turba-Urba”. Illyustrativ surat.
Rossiya poytaxti Moskva shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jomadon ichida ikki ayolning jasadini topishdi. Bu haqda “Xabar” nashri maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, ikkala jasadning holati juda gʻalati. Ulardan birining shaxsi aniqlangan, Oʻzbekistonda tugʻilgan 20 yoshli qiz bir necha oy oldin Moskvaga kelgani maʼlum qilinmoqda.

Tergov natijalariga koʻra, jomadonni uning qoʻshnisi, Armaniston fuqarosi uydan uloqtirib yuborgan. Bu erkak jinsiy zoʻravonlikda gumon qilinmoqda. Ikkinchi jasadning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.