Tojikiston hukumati va muxolifati vakillari YEXHT yigʻilishida mushtlashib ketishdi (video)

Tojikiston hukumati va muxolifati vakillari YEXHT yigʻilishida mushtlashib ketishdi (video)
Varshavada Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining inson huquqlari boʻyicha yigʻilishi doirasida Tojikiston delegatsiyasining aʼzolari va Tojikiston muxolifati tarafdorlari oʻrtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Tojikiston muxolifati vakili Orzu Sulaymoniy yigʻilish oʻtkazilgan mehmonxonadan chiqib, ushbu davlatdan kelgan rasmiy delegatsiya vakili bilan munozaraga kirishmoqchi boʻlgan.

Uning soʻzlariga koʻra, u Tojikiston Islomiy uygʻonish partiyasi sobiq aʼzosi Ayomiddin Sattorov bilan suratga tushishni xohlagan.

Rasmiy Dushanbe vakili avvaliga raqibining yuziga musht tushirgan, soʻng oyogʻi bilan zarba bergan. Mushtlashuv mehmonxona xodimlari tomonidan tezda toʻxtatildi.

YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosidan xabar berishlaricha, ayni vaqtda vaziyatni oʻrganib chiqishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.