Hindiston ballistik raketani sinovdan oʻtkazdi

Hindiston ballistik raketani sinovdan oʻtkazdi
Hindistonning Odisha shtatidagi poligonda Prahaar (Zarba) ballistik raketasining sinovlari oʻtkazildi.

IANS axborot agentligining maʼlum qilishicha, raketa kuchli yogʻingarchilik sharoitida mobil pusk qurilmasidan uchirilgan.

Taʼkidlanishicha, Hindiston mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti tomonidan yaratilgan, qattiq yonilgʻida ishlovchi ushbu raketa 150 km uzoqlikdagi nishonlarni yuqori aniqlikda moʻljalga oladi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.