Turkiyada harbiylar ommaviy ravishda hibsga olinmoqda

Turkiyada harbiylar ommaviy ravishda hibsga olinmoqda
Turkiya politsiyasi 21 sentyabrda 85 nafar harbiyni FETO bilan aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi. Anqara prokuraturasi hammasi boʻlib Turkiya qurolli kuchlarida turli lavozimlarni egallovchi 110 harbiyni hibsga olishga order bergan.

Ayni vaqtda harbiylarni hibsga olish boʻyicha amaliyot 16 ta viloyatda, jumladan mamlakatning eng yirik shaharlari Istanbul va Anqarada boʻlib oʻtmoqda.

Taʼkidlanishicha, hibsga olinganlar orasida Turkiya harbiy-havo kuchlarining 3 polkovnigi ham bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.