Kuchli shamol sharsharani teskari oqishga majbur qildi (video)

Kuchli shamol sharsharani teskari oqishga majbur qildi (video)
Angliyaning shimolidagi Yorkshir-Deyls milliy bogʻida “Xelena” poʻrtanasi sharsharani orqasiga oqishga majbur qildi.

Ushbu antiqa hodisani videoga muhrlashga muvaffaq boʻlingan. Bu vaqtda shamol kuchi 129 km/soatga yetgan. Shamol taʼsiri ostida suv yuqoriga qarab oqa boshlagan, buning natijasida sharshara yonida kamalak paydo boʻlgan.

Angliya, Irlandiya va Shotlandiyani “Xelena”dan tashqari, “Ali” poʻrtanasi ham qamrab oldi. Tabiiy ofat oqibatida 2 kishi halok boʻlgan, yana bir necha kishi jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan. Bu poʻrtana ortidan Buyuk Britaniyaga “Brona” sikloni yaqinlashmoqda. Taʼkidlanishicha, yomon ob-havo 24 sentyabrgacha saqlanib qoladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.