Qirgʻizistonda vazir oʻrinbosari samolyotdagi janjal sababli lavozimdan boʻshatildi

Qirgʻizistonda vazir oʻrinbosari samolyotdagi janjal sababli lavozimdan boʻshatildi
Qirgʻiziston mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari Zuurakan Kadenova u samolyot ekipaji bilan janjallashishi oqibatida xalqaro reysdan olingani haqida tarqalgan xabar ortidan lavozimidan boʻshatildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Kadenova “Eyr Astana” aviakompaniyasining Seul-Olmaota yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilishi kerak boʻlgan samolyotda janjal chiqargani haqida maʼlumot paydo boʻlgandi.

Guvohlarning taʼkidlashicha, yuqori lavozimli amaldor bort kuzatuvchilar bilan janjallashib, ularga diplomatik pasportini koʻrsatgan. Oqibatda ekipaj sardori ayolni reysdan olishga qaror qilgan.

Ayni vaqtda Kadenova Seuldagi mehmonxonalardan birida qolmoqda. U keyingi reys bilan vataniga qaytarilishi kutilmoqda. Ushbu ayol Seulda Qirgʻizistonning rasmiy delegatsiyasi tarkibida boʻlgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.