Somalida “Ash-Shabab” etakchisi qo‘lga olindi


Somalida “Ash-Shabab” guruhining etakchisi Zakariyo Ismoil Ahmad Xarsiy qo‘lga olindi. Uni tutib berish uchun 3 mln dollar mukofot puli va’da qilingan edi. Bu haqda Agence France-Presse xabar beradi.
Afrika Ittifoqi va Somali hukumati birlashgan kuchlari jangarini Gido viloyatida tutib olishdi.
Sentyabrda Pentagon “Ash-Shabab” guruhining asoschilaridan biri Ahmad Godanning AQShning havodan uyushtirgan zarbalari oqibatida bartaraf etilgani haqida ma’lumot bergandi.
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













