Melanya Tramp turmush oʻrtogʻining telefonini yashirib qoʻydi

Melanya Tramp turmush oʻrtogʻining telefonini yashirib qoʻydi
AQSHning birinchi xonimi Melanya Tramp turmush oʻrtogʻi ijtimoiy tarmoqlardan, ayniqsa, Tvitterdan koʻp foydalangani uchun uning qoʻl telefonini yashirib qoʻygan, deya maʼlum qiladi “Xabar” sayti.

“Men turmush oʻrtogʻim Donald Trampning ijtimoiy tarmoqlardan koʻp foydalanishiga qarshiman. Buni oʻziga ham bir necha marta aytdim. Oxirgi chora sifatida uning qoʻl telefonini yashirib qoʻyishga qaror qildim”, – degan Melanya Tramp.

Trampning “Twitter”dagi sahifasini 55 million foydalanuvchi kuzatib boradi. U har kuni sahifasida faoliyati bilan bogʻliq xabarlarni qayd etib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.