Vladimir Putin Misr prezidentini yangi limuzinida aylantirdi

Vladimir Putin Misr prezidentini yangi limuzinida aylantirdi
Rossiya va Misr prezidentlari Vladimir Putin va Abdulfattoh as-Sisiy rasmiy muzokaralarni yakunlagach, Rossiyaning eng oxirgi texnikasi bilan amaliyotda tanishish uchun Sochidagi avtodromga yoʻl oldilar.

Putin misrlik hamkasbi bilan avtodromga yangi limuzini “Senat”da borgan.

“Formula-1” poygalari oʻtadigan avtodromda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov as-Sisiyga “Aurus”ning boshqa modellari – “Senat” sedani va “Arsenal” minivenini namoyish qilgan.

Soʻngra Putin sedan ruliga oʻtirib, misrlik hamkasbiga uni sinab koʻrishni taklif qilgan. Keyinroq Misr prezidentiga Rossiyaning mudofaa-sanoat majmuasining eng yangi mahsulotlari namoyish qilingan.

Misr prezidenti 16 oktyabrda Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.