Moskvada Islom Karimov haykali ochilishi arafasida (foto)

Moskvada Islom Karimov haykali ochilishi arafasida (foto)
Moskvadagi markaziy ko‘chalaridan biri – Katta polyanka ko‘chasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, senatorlar, deputatlar, hukumat a’zolari, O‘zbekiston Qahramonlari, nuroniylar, yozuvchi-shoirlar, fan va san’at namoyandalari, mamlakatimiz va Rossiya davlat idoralari, mamlakatimiz elchixonasi, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘lgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu yerda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomidagi xiyobon va haykali ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Marosimda ishtirok etish uchun O‘zbekistondan 100 ga yaqin kishi tashrif buyurgan.

Islom Karimov siymosi Samarqanddagi Registon majmuasi fonida qad rostlagan. Ushbu loyiha britaniyalik taniqli haykaltarosh Pol Dey g‘oyasidir. Haykalda kuchli iroda sohibi, dono davlat arbobi va xalqparvar siyosatchi siymosi gavdalangan.
Moskvada Islom Karimov haykali ochilishi arafasida (foto)
Moskvada Islom Karimov haykali ochilishi arafasida (foto)
Islom Karimovning haykali ochilishi Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan uyg‘unlashib ketgani ham ahamiyatlidir. Mazkur tashrif har tomonlama manfaatli bo‘lishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga shubha yo‘q.
Moskvada Islom Karimov haykali ochilishi arafasida (foto)
Birinchi Prezidentimiz nomidagi xiyobon va haykali ochilish marosimi Toshkent vaqti 13:00 ga belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.