OAV: Trampning telefoni Rossiya va Xitoy maxsus xizmatlari tomonidan tinglanmoqda

OAV: Trampning telefoni Rossiya va Xitoy maxsus xizmatlari tomonidan tinglanmoqda
AQSh maxsus xizmatlari prezident Donald Trampni shaxsiy telefoni yetarlicha himoyalanmagani borasida bir necha bor ogohlantirishgan. Bu haqda The New York Times\'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Maxsus xizmatlarning fikriga ko‘ra, Trampning telefonini Xitoy va Rossiya razvedkasi xodimlari tinglashmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp maxsus xizmatlarning tavsiyalarini e’tiborsiz qoldiryapti va yashirin ravishda tinglashdan yetarli darajada himoyalanmagan telefondan foydalanishni davom ettirmoqda.

Shuningdek, xabar qilinishicha, Amerika maxsus xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy razvedkasi Tramp Pekin bilan savdo urushini kuchaytirish haqida o‘ylamayotganiga oydinlik kiritish maqsadida AQSh prezidentining telefonini tinglaydi.

Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya razvedkasini nisbatan kamroq tahdid, deb hisoblaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.