Uber noodatiy xizmatni taklif etmoqda

Uber noodatiy xizmatni taklif etmoqda
AQShning xalqaro taksi xizmati Uber​ Britaniya poyabzal ishlab chiqaruvchi Charlotte Olympia​ bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Endilikda Uber brendi ostida ayollar poyabzali savdo rastalari paydo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

Kompaniya baland platformali oltin sandallar va Uber​ shoes​ brendi bilan ishlab chiqarilayotgan baland poshnali poyabzallarni ommaga namoyish etdi.

Poyabzal bor-yo‘g‘i 14 juft ishlab chiqarildi va faqat Londonning Harvey Nichols Knightsbridge​ do‘konida 15 noyabrga qadar sotilishi aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, uning narxi 695 funt sterling etib belgilangan. Bir juft oyoq kiyim sotib olgan xaridorning Uber​\'dagi hisobi avtomatik tarzda 500 funt sterling mablag‘ o‘tkaziladi va mijoz bu pullarni taksi xizmatidan foydalanish uchun ishlatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Uber​ 2019 yildan o‘z dronlarini ishlab chiqarish va 2021 yildan ularni tijorat maqsadlarida ishga tushirishni rejalayotgani haqida xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.