Makka va Madinada suv toshqinlari yuzaga keldi

Saudiya Arabistonida oxirgi bir necha kundan beri yog‘ayotgan shiddatli yomg‘irlar tufayli kelib chiqqan suv toshqinlarida 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.
Mahalliy OAV ma’lumotiga qaraganda, bu yog‘ingarchilik so‘nggi yigirma yildagi eng kuchlisi bo‘ldi. Makka, Madina, Riyoz, Xail, Sharqiya, Asir, Jazon, Baha va Javha shaharlarida 28 oktyabrdan beri yomg‘ir to‘xtamayotgani aytilmoqda.
Meteorologiya va atrof muhit boshqarmasi xalqqa murojaat qilib, zarurat bo‘lmasa, yog‘ingarchilik paytida tashqariga chiqmaslikka chaqirdi.
Yomg‘ir davom etayotgan shaharlarda suv toshqin yuz berishi mumkinligidan ogohlantirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mahalliy OAV ma’lumotiga qaraganda, bu yog‘ingarchilik so‘nggi yigirma yildagi eng kuchlisi bo‘ldi. Makka, Madina, Riyoz, Xail, Sharqiya, Asir, Jazon, Baha va Javha shaharlarida 28 oktyabrdan beri yomg‘ir to‘xtamayotgani aytilmoqda.
Meteorologiya va atrof muhit boshqarmasi xalqqa murojaat qilib, zarurat bo‘lmasa, yog‘ingarchilik paytida tashqariga chiqmaslikka chaqirdi.
Yomg‘ir davom etayotgan shaharlarda suv toshqin yuz berishi mumkinligidan ogohlantirildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













