Balandligi uch qavatli uyga teng o‘tov "Ginness rekordlari" kitobiga kiritildi

Balandligi uch qavatli uyga teng o‘tov "Ginness rekordlari" kitobiga kiritildi
Mo‘g‘ulistonning “Selnen” kompaniyasi ustalari tomonidan bunyod etilgan dunyodagi eng baland o‘tov \"Ginness rekordlari\" kitobiga kiritildi.

Qayd etilishicha, o‘tov Xangi-Mandal nazorat-o‘tkazish punktiga yaqin manzilda o‘rnatilgan bo‘lib, uning balandligi 14 metrni (uch qavatli uyning o‘rtacha balandligi) tashkil etadi. O‘tov 1 ming kvadrat metr maydonni egallagan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 kishini sig‘dirishi mumkin.

Xorijiy sayyohlarni jalb etish maqsadida bunyod etilgan o‘tov juda ulkan bo‘lsa-da, an’anaviy 4 ta tirgagichga ega, xolos.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.