Kanadada yuk samolyoti “qorni bilan qo‘ndi” (foto)

Kanadada yuk samolyoti “qorni bilan qo‘ndi” (foto)
AQShning Chikago shahridan Kanadaning Galifaks Stanfild aeroportiga uchib kelgan Boeing 747-400 SkyLease yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi.
Kanadada yuk samolyoti “qorni bilan qo‘ndi” (foto)
Foto: twitter.com\\Airways Magazine

Voqea 7 noyabrda yuz bergan. AQShdan Xitoyga uchayotgan samolyot yuk olish uchun Galifaksda qo‘ngan. Samolyot muvaffaqiyatsiz qo‘nish sababli uchish-qo‘nish yo‘lagidan 50 metrcha tashqariga chiqib ketgan.

Oqibatda samolyot ekipajining 5 a’zosi kichik jarohatlar olgan va yaqin atrofdagi shifoxonaga ko‘rik uchun yetkazilgan. Voqeadan keyin aeroport reyslarning bekor qilinishi haqida e’lon qilib, ma’lum muddatga ishini to‘xtatishiga to‘g‘ri kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.